C++ form 1-dars: Elektron soat dasturi

Biz siz bilan C++ Builder 6 dasturlash muhitida elektron soat dasturini tuzishni ko’rib chiqamiz.

  1. Eng avvalo C++ Builder 6 dasturlash muhitini ishga tushiramiz:
  2. Bizga dasturlash uchun yangi forma aftomatik Form1 nomi bilan hosil qilinadi:
  3. Biz ushbu formaga Standard komponentalar panelidagi Label komponentasini o’rnatamiz. Buning uchun Label komponentasining ustiga sichqonchani bosing va Form1ga sichqonchani bosing, Label komponentasi rasmda tasvirlangan:
  4. Endi biz elektron soat uchun System komponentalar panelidagi Timer komponentasini o’rnatamiz, Timer komponentasi rasmda tasvirlangan:
  5. Ushbu komponentalar Form1da quyidagicha joylashtramiz:
  6. Elektron soat uchun eng mos shrift menimcha LCD shrifti, shriftni mana bu yerdan yuklab olishingiz mumkin. Yuklab olgan shriftingizni C:\Windows\ manzilidagi Fonts papkasiga ko’chiring.
  7. Label1ning Font xususiyatini Object Inspectorda o’zgartiamiz. Buning uchu Label1 komponentasini bir marotaba bosib Object Inspectoridagi font bo’limidagi tugmani bosamiz:
  8. Шрифт: bo’limidan biz hali o’rnatgan LCD shriftini tanlaymiz, Размер: bo’limida 36 ni tanlaymiz va OKni bosamiz, siz o’z xohishingizga qarab turlicha qilib tanlashingiz mumkin:
  9.  Form1dagi Timer1 komponentasining ustiga sichqonchani ikki marotaba bosamiz, hosil bo’lgan kod tahrirlash oynasiga Label1->Caption=TimeToStr(Now()); deb yozamiz:
  10. Form1ning Caption xususiyatini Elektron soat deb o’zgartiramiz:
  11. Form1ni quyidagi rasmdagidek qilib kattaligini sozlaymiz, buning uchun Form1ning o’ng pastki qismini ushlab turib Form1ni kichraytiramiz:
  12. Dasturni Save All tugmasi orqali saqlab Run tugmasini bosamiz:
  13. Komplyatsiya jarayoni boshlanadi:
  14. Dastur ishga tushadi:

Daturdagi Timer1 komponentasi komponenta ichiga yozilgan kodni bir soniya davomida takrorlab turadi. Dastur kodidagi Label1->Caption so’zlari Timer1 komponentasining har ishga tushgan vaqtida tenglikning o’ng tarafidagi kodni Label1 komponentasining Caption xususiyariga o’zgartiradi. Tenglikning o’ng tomonidagi TimeToStr(); soatni ifodalaydi, Now() esa dasturdagi soatni kompyuterning soatiga sozlaydi, har sekundda kod takrorlanib turadi

Ko’rib turganingizdek dasturdagi soat ko’rsatishi kompyuterdagi soat bilan bir xil. 🙂

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan