WordPress 1-dars: WordPressdagi fayllarni yuklab oladigan qilish

WordPress asosida ishlaydigan saytlardagi ko’plab rasm, video, musiqali fayllarni bizga WordPress ko’rish uchun ochib beradi faqat zip va shunga o’xshash fayllarni yuklab olinadigan qilib beriladi. Biz ushbu rasm, video, musiqali yuklab oladigan qilish uchun quyidagi ketma-ketliglarni bajarishingiz kerak bo’ladi, biz siz bilan ZiyoNet logotipini yuklab oladigan qilishini ko’rib chiqamiz:

  1. Eng avvalo sayt admin paneliga kiriladi:  saytnomi.uz/wp-admin
  2. Maqola yoki sahifaning tahrirlash yoki yangi qo’shishingiz kerak.
  3. Sayt mediafayllarining aniq URL manzilini bilib olishingiz kerak bo’ladi. Buning uchun Media qo’shish tugmasini bosing va kerakli faylni tanlang, o’ng tomondagi ustundan URL qismidagi barcha yozuvlarni belgilab olib nusxa olamiz:
  4. So’ng wordpress redaktorining yuqori qismidagi uskunalar panelidagi havola kiritish tugmasini bosib mediafayl URL manzilini ya’ni olgan nusxangizni kiriting va Enter tugmasini bosing:
  5. WordPress redaktorining yuqori qismidagi Vizual panelini degan qismining o’ng tomonidagi Tekst tugmasini bosing:
  6. Hosil bo’lagn kod quyidagicha bo’ladi:
  7. <a href=»http:elbek-h.zn.uz/files/2018/10/logo-small-1.png»>ZiyoNet.uz rasmini yuklash</a>
  8. Ushbu kodga download=»» so’zlarini rasmda ko’rsatilgandek qilib kerakli qismiga yozishingiz kerak:
  9. <a href=»http:elbek-h.zn.uz/files/2018/10/logo-small-1.png» download=»»>ZiyoNet.uz rasmini yuklash</a>
  10. WordPress redaktorining yuqori qismidagi Vizual tugmasini bosing va maqolani chop eting.
  11. Endi maqolaga o’tib hosil bo’lgan linkni bosish orqali ZiyoNet rasmini yuklashingiz mumkin bo’ladi. 🙂

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan